SportUz.Tv

Bogdan Guskov do'stining jangi bekor qilindi

05.03.2026 15:03    


Rasmni yuklab olish

28 yoshli jangchi 28 mart kuni AQSHning Sietl shahrida o'tkaziladigan UFC Fight Night 271 turnirida oktagonga chiqishi kerak edi.

Rossiyaning "GOR MMA" klubi vakili, og'ir vazn toifasidagi braziliyalik Valter Uoker ushbu turnir ishtirokchilari safidan chiqdi. Malumotlarga ko'ra, tashkilot matchmeykerlari allaqachon Marchin Tiburaga yangi raqib topishgan, uning nomi keyinroq elon qilinadi.

Uoker to'rtta muddatidan oldin qozonilgan g'alabali seriya bilan kelmoqda. O'tgan yilning oktyabr oyida "Monstr"ning so'nggi qurboni tashkilotning yangi azosi Lui Sazerlend bo'lgandi. Braziliyalik bir yarim daqiqada uni taslim etgan edi. 

SHu yilning fevral oyida Mayamida bo'lib o'tgan Karate Combat 59 turnirida UFC og'ir vazn toifasi reytingida o'n to'rtinchi o'rinni egallab turgan Valter greppling bo'yicha bahsda oyoqsiz amerikalik Zayan Klarkni bo'g'ish usulida engdi. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: