
"Bazida rahbariyat bilan gaplashib, 65,8 kgga tushish haqida o'ylayman, lekin hali ham bu vaznni qila olamanmi — bilmayman. Menimcha, 77,1 kgga ko'tarilish osonroq bo'lardi. Agar Konor Makgregor bilan jang bo'lsa, nom va tarix uchun yaxshi imkoniyat bo'lardi. Lekin hozir butun etiborim engil vaznga qaratilgan. Hozir g'alaba qozonib, yana chempionlik jangi imkoniyatini olish.
Menimcha, 65,8 kg vazn meyorini hali ham qila olaman. Agar bu kamar uchun bo'lsa… Bilmayman, bu tush edi yoki xayolim. Hozir BMF kamarini yutaman, keyin yil oxirida engil vaznda chempionlik uchun jang qilaman, keyin ikkala kamardan voz kechib, 65,8 kgga tushib u erdagi titul uchun jang qilaman. Lekin bilmadim, tush ko'rdimmi yoki aqldan ozdimmi. Ko'ramiz", — dedi Oliveyra.
CHarlz Oliveyra ikkinchi kamar uchun vaznini o'zgartirish ehtimolini istisno qilmadi