SportUz.Tv

Nursulton Ro'ziboev Drikus Dyu Plessi bilan jang qilmoqchi

05.03.2026 15:45    


Rasmni yuklab olish

Aralash yakkakurash ustamiz o'rta vaznning sobiq chempioni Drikus Dyu Plessisning jang uslubi haqida fikr bildirib, bilan jang qilish istagi borligini aytdi.

"Drikus Dyu Plessi chempion bo'lganida, uni "UFC APEX"da ko'rgan edim. Juda ham noqulay jangchi. Tashqaridan qaraganda unda hech narsa yo'qdek ko'rinadi - na zarbasi va na kurashi. To'g'ri zarba bera olmaydi, to'g'ri tepa olmaydi.

Lekin u Robert Uittaker, Israel Adesanya va SHon Striklend kabi yulduzlarni mag'lub etib chempion bo'lgan. Uning siri va kuchi — to'xtovsiz harakatida. Raqib endi ishlayman deguncha, u tushunarsiz holatlarda zarba beraveradi.

U bilan jang qilishni xohlayman. Bu bilan uni kuchsiz demoqchi emasman, u ko'plarni yutdi. Xamzat bilan 5 raund jang qildi. SHunchaki, uslub jihatidan Pless bilan jang qilish men uchun osonroq kechadigandek tuyulmoqda", - dedi Ro'ziboev.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: