SportUz.Tv

Mirafzal Axtamov Braziliyada jang qiladi(mi?) (FOTO)

06.03.2026 13:42    


Rasmni yuklab olish

O'zbekistonlik taniqli aralash yakka kurash ustasi Mirafzal Axtamovning keyingi jangi okean ortida bo'lib o'tishi mumkin.

Hamyurtimiz hamkorlik qiluvchi ECBSportsManagement kompaniyasi o'z Instagram sahifasida Axtamovning navbatdagi jangiga ishora berdi.

Unga ko'ra, 33 yoshli Mirafzal 27 mart kuni Braziliyaning San Paulo shahrida tashkil etiladigan LFA 229 turnirida oktagonga ko'tariladi. Bu malumotni Axtamov ham o'z sahifasida ulashdi.

Mirafzal Axtamov so'nggi jangini 2025 yilning oktyabr oyida PFL Champions Series 2 turniri doirasida braziliyalik Luan Sardinyaga qarshi o'tkazib, ochkolar hisobiga ko'ra g'alaba qozongan edi. U faoliyati davomida 11 ta jangda qatnashib, 9 ta g'alaba, 1 tadan durang va mag'lubiyatni o'z hisobiga yozdirib qo'ygan.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: