SportUz.Tv

Arman Carukyan navbatdagi jangi tasdiqlandi + POSTER

07.03.2026 13:39    


Rasmni yuklab olish

Asli armanistonlik aralash yakkakurash ustasining ushbu jangi revansh maqomida bo'ladi.

Arman Carukyan va amerikalik Jorjo Pullas o'rtasidagi revansh bellashuvi 28 mart kuni AQSHning Florida shtati Tampa shahrida bo'lib o'tadigan RAF 7 turnirining asosiy voqeasiga aylanadi. 

Professional kurash ligasi ushbu takroriy bahsni rasman elon qildi. Ilk bellashuv bir hafta oldin RAF 6 turnirida bo'lib o'tgan va Armanning 5:3 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlangandi. Ammo final sirenasidan so'ng rossiyalik jangchi uchta bo'limda ham qoidalarni buzgan va jangni "iflos" o'tkazgan raqibga mushtlari bilan tashlanib, jamoalar o'rtasida ommaviy mushtlashuvni keltirib chiqargandi.

Tadbirdan ikki kun o'tib, Carukyan va Pullas o'rtasidagi greppling uchrashuvi 11 mart kuni Rio-de-Janeyroda bo'lib o'tadigan Hype Brazil turnirining asosiy voqeasi deb elon qilindi. Lekin RAF ligasi amerikalik tadbir ishtirokchilari safidan chiqishini va rossiyalik bilan faqat kurash gilamida raqobatlashishini aytdi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: