SportUz.Tv

Aleksandr Volkovning navbatdagi jangi elon qilindi

07.03.2026 11:54    


Rasmni yuklab olish

Rossiyalik og'ir vaznli UFC jangchisi Aleksandr Volkovni nokautchiga qarshi jiddiy sinov kutmoqda.

Volkov 9 may kuni Nyuarkada bo'lib o'tadigan raqamli UFC 328 turnirida oktagonga qaytadi. "Drago"ning raqibi dominikanlik Valdo Kortes-Akosta bo'ladi. Ehtimoliy davogarlik jangining tashkil etilishi haqida vaziyatga yaqin bo'lgan xabardor manbalar malum qildi.

2024 yil dekabr oyida Aleksandr Volkov hakamlarning ayri qarori bilan Siril Ganga bahsli tarzda yutqazib, to'rtta g'alabadan iborat seriyasini to'xtatgandi. O'tgan yilning oktyabr oyida rossiyalik aralash yakkakurash ustasi Jailton Almeydani mag'lub etib, faoliyatini yana muvaffaqiyatli yo'nalishga qaytardi.

Valdo Kortes-Akosta esa o'tgan yilning avgust oyida hakamlarning yakdil qarori bilan boshqa bir rus jangchisi Sergey Pavlovichga yutqazib qo'ygan va shundan so'ng u ketma-ket uchta jangda raqiblari Ante Deliya, SHamil Gaziev va Derrik Lyuisni nokautga uchratgan edi.

Ayni paytda Volkov va Kortes-Akosta UFC’ning og'ir vazn toifasi reytingida mos ravishda ikkinchi va beshinchi pog'onalarni egallab turibdi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: