SportUz.Tv

Bogdan Guskovning jangi rasman tasdiqlandi

07.03.2026 14:42    


Rasmni yuklab olish

Ultimate Fighting Championship (UFC) promousheni matbuot xizmati tomonidan hamyurtimiz Bogdan Guskovning navbatdagi jangi rasman tasdiqlandi.

Xabar berilganidek, yarimog'ir vazn (93 kg gacha) toifasidagi aralash yakkakurash ustamiz sobiq UFC chempioni polshalik Yan Blaxovichga qarshi oktagonga chiqadi. Ushbu revansh maqomidagi jang 9 may kuni AQSHning Nyu-Jersi shtati Nyuark shahrida tashkil etiladigan UFC 328 turniri doirasida bo'lib o'tadi. 

Ularning ilk jangi o'tgan yilning dekabr oyida UFC 323 turnirida o'tkazilib, durang natija bilan yakunlangan edi. O'sha jangdan Blaxovich umumiy hisobda 321 ming, Bogdan Guskov esa 53 ming AQSH dollari ishlab olgandi.

"Men Blaxovichdan revansh olishni xohlardim, chunki menda o'sha jangda hali aytib ulgurmagan so'zim, yakuniga etkaza olmagan ishim bor. Men har qanday holatda ham o'zimni kuchli beshlikda ko'rishni, keyin esa mendan yuqoriroq bo'lgan jiddiyroq nomlarni ko'rib chiqishni istardim", - deydi Guskov. 

Malumot uchun, Yan Blaxovich hisobida 29 g'alaba, 11 mag'lubiyat va 2 durang bor. Angrenlik Guskovning MMAdagi rekordi 18 g'alaba, 3 mag'lubiyat va 1 durangni tashkil qilmoqda. U UFC`da to'rtta g'alabali seriyadan keyin durang natija qayd etgan edi. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: