
Ushbu mavzuga birinchi bo'lib Pirs Morganga bergan intervyusida Xirnga qarshi ehtimoliy boks jangi haqidagi savolga ijobiy javob bergan Uayt to'xtaldi.
"Menga qarang, agar Eddi boks qoidalari asosida jang qilishni xohlasa, biz bunga tayyormiz. Lekin u buni xohlaydi, deb o'ylamayman. Oldin jiddiy yigitlar bilan boks qoidalari asosida jang qilardim - bokschilar bilan ham, UFC jangchilari bilan ham. Men boks bilan shug'ullanganman", - deydi Uayt.
Xirnning javobi iFL TV telekanaliga bergan intervyusida yangradi.
"Men hamisha promouterlar bilan janglarga "ha" deganman, chunki g'alaba qozonishimni bilaman. Dananing sparring qilayotganini ko'rganman va albatta shundan kelib chiqib bu jangga rozi bo'lardim. Qanday qilib "yo'q" deyish mumkin? Unda qo'rqoqqa o'xshab qolarding, to'g'rimi? Bundan tashqari, Netflix bu uchun katta pul to'lagan bo'lardi yoki jangni DAZN, global boks uyida jonli efirda ko'rsatish mumkin bo'lar edi. Demak, men bu jang uchun katta pul ishlab topaman. To'g'risini aytsam, uni o'zim "chopib" tashlayman", - deb javob berdi Xirn.
Ikki taniqli promouter o'rtasidagi ziddiyat Uayt Matchroom Boxing kompaniyasidan boks yulduzi Konor Benni olib ketganidan so'ng yangi bosqichga ko'tarildi. Bunga javoban Xirn og'ir vazn toifasida amaldagi UFC chempioni Tom Aspinall bilan agentlik shartnomasini imzoladi va britaniyalikning tashkilotdagi moliyaviy ahvolini yaxshilashga vada berdi.
