SportUz.Tv

Kolbi Kovingtonning keyingi jangi ham RAF Ligasida bo'lib o'tadi, raqib malum (POSTER)

11.03.2026 13:06    


Rasmni yuklab olish

Amerikalik taniqli UFC jangchisi Kolbi Kovington yana qaytmoqda.

Biroq, uning bu safargi jangi ham kurash qoidalari asosida RAF Ligasida bo'lib o'tadi.

38 yashar Kolbi 29 mart kuni AQSHning Florida shtati, Tampa shahrida o'tkaziladigan RAF 7 turnirining co main event bellashuvida gilamga chiqadi. Unga o'sha kuni hamyurti, Bellator sobiq jangchisi Dillon Denis raqiblik qiladi. Oqshomning markaziy jangi esa Arman Carukyan va Jorjio Pullas o'rtasida kechadi.

Kovington hozircha oxirgi bo'lib turgan jangini 10 yanvar kuni RAF 5 turnirida Lyuk Rokxoldga qarshi o'tkazib, g'alaba qozongan edi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: