SportUz.Tv

Jeyk Pol Iliya Topuriyaga o'z xizmatini taklif qildi

30.04.2026 17:03    


Rasmni yuklab olish

Taniqli bloger-bokschi Jeyk Pol ikki vaznda UFC chempioni Iliya Topuriyaga yordam berishga tayyor ekanini aytdi.

Jeyk Topuriyaga boksdan saboq bermoqchi bo'lyapti. O'z o'rnida ispaniyalik aralash yakkakurash ustasi ham Eydin Rossning jonli efirida Polga qo'ng'iroq qilib, boksdan sparring o'tkazishga kelishib olgan.

"Omma oldida jonli efirda ular hamma narsaga rozi ekanliklarini aytishadi, lekin ishga kelganda hech narsa chiqmaydi, - dedi Pol Complex News nashriga Topuriya bilan sparring haqida gapirib. — Ko'ramiz. Men uni hurmat qilaman. Ammo boks jangimi? Bu men uchun shunchaki chigalyozdi mashqlari, agar hazillashmasak. MMA qoidalariga ko'ra, u g'alaba qozonishi mumkin".

Hozirda Topuriya UFC’da 70 kg gacha vazn toifasida, Jeyk Pol esa asosan 91 kg gacha vaznda jang qilmoqda. Lekin bu ustunliksiz ham amerikalik bloger Topuriya o'zining boks mahoratini haddan tashqari oshirib yuborayotganiga amin.

"To'g'risini aytsam, bu jangchilarning bari haddan tashqari maqtanchoq va butun dunyoga o'zlarini haqiqatdan ham yaxshi ekanliklarini ko'rsatishga urinmoqda, — deya qo'shimcha qildi Pol. — Ammo keling, haqiqatni aniqlaylik. Bundan tashqari, uning bo'yi 1,7 m. Agar bir xil vaznda bo'lganimizda, u yaxshi zarba berardi. Bir xil bo'yli bo'lsa, jang yaqinroq bo'lardi. Baribir g'alaba qozongan bo'lardim. Bu bola men uchun juda kichkina".



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: