SportUz.Tv

"Yirtgan bo'lardi" - Dana Uayt Muhammad Ali va Jon Jons o'rtasidagi jangda kim g'alaba qozonishi haqida

20.03.2026 14:36    


Rasmni yuklab olish

UFC prezidenti Dana Uayt afsonaviy Muhammad Ali hamda ikki vaznda sobiq UFC chempioni Jon Jons o'rtasidagi jangda kim g'alaba qozonishi mumkinligi haqidagi savolga javob berdi.

"Jon Jons unga yaqinlashib, ushlab olib, shunchaki parchalab tashlagan bo'lardi. Ha, aynan shunday bo'lardi ularning ehtimoliy jang scenariysi", - deya Uaytning so'zlarini keltiradi Bloody Elbow portali.

Malumot uchun, Jons 2008 yildan 2024 yilgacha davom etgan MMAdagi professional faoliyati davomida 28 g'alaba, bitta mag'lubiyat qayd etgan. Uning ishtirokidagi bitta jang o'tkazilmagan deya topilgan. Sportchi ko'plab tahlilchilar va sportchilar tomonidan aralash yakkakurashlar tarixidagi eng buyuk jangchi sifatida tan olingan.

Muhammad Ali esa 1960 yilgi Olimpiya o'yinlarining yarim og'ir vazn toifasidagi chempioni, superog'ir vaznda ikki karra mutlaq jahon chempioni hisoblanadi. Ali o'z rekordida 56 g'alaba va 5 ta mag'lubiyatga ega. Ko'plab sportchilar va tahlilchilar tomonidan u tarixdagi eng buyuk bokschi sifatida etirof etilgan.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: