SportUz.Tv

Osiyo chempionatida yana ikki yo'qotish. Maxanov Oralbayga qarshi jang o'tkazdi

04.04.2026 16:21    


Rasmni yuklab olish

Mo'g'uliston poytaxti Ulan-Bator shahrida boks bo'yicha kattalar o'rtasidagi Osiyo chempionatida 1/4 final janglari o'tkazilmoqda.

Bugun qita birinchiligi doirasida 5 nafar charm qo'lqop ustamiz chorak final jangini o'tkazdi. G'olib kamida bronza medalini naqd qilishi bois, janglarga bo'lgan qiziqish yuqori edi. 

Afsuski, 5 bokschimiz 2 nafari raqiblariga imkoniyatni boy berib, Osiyo chempionatini medalsiz yakunlaydigan bo'ldi. Biroz avval yakuniga etgan og'ir vazn (+90 kg) toifasidagi o'zbek-qozoq qarama-qarshiligida Arman Maxanov jahon chempioni Aybek Oralbayga 1:4 hisobida yutqazdi. Feruza Abdualimova (-65 kg) esa ikkinchi raundda texnik nokaut bilan KXDR vakilasi Hyo Sun Xvangdan engildi.  

Qolgan uch bokschimiz raqiblaridan ustun kelib, 1/2 finalga yo'l olish barobarida kamida bronza medalini naqd qilib qo'yishdi. Aziza Zokirova yaponiyalik raqibasini uchinchi raundda texnik nokautga uchratdi. 


Bokschilarimiz ishtirokidagi jang natijalari:

-65 kg: Feruza Abdualimova - Hyo Sun Xvang (KXDR) texnik nokaut

-65 kg: Abdulloh Madaminov - Pratap Yadov (Hindiston) 5:0

-75 kg: Aziza Zokirova - Naoko Kasaxara (Yaponiya) texnik nokaut

-60 kg: Abdurahmon Mahmudjonov - Mohammad Abu (Iordaniya) 5:0

+90 kg: Arman Maxanov - Aybek Oralbay (Qozog'iston) 1:4



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: