SportUz.Tv

"Men 100% qafasdagi jang tarafdoriman". Jo Baydenning o'g'li Trampning o'g'illariga "vyzov" tashladi

11.04.2026 10:00    


Rasmni yuklab olish

AQSH sobiq prezidenti Jo Baydenning o'g'li Xanter Bayden kichik Donald Tramp va Erik Trampga qafasda jang o'tkazishni taklif qildi.

"Salom, yigitlar, men Xanter Baydenman. Menga hozirgina Endryu Kallaxan qo'ng'iroq qildi - u meni oy oxirida Channel 5 Carnival turiga qo'shilishga taklif qildi. O'ylashimcha, Feniksda boshlaymiz, keyin San-Diegoga boramiz va Albukerkda tugatamiz. U qafasda jang uyushtirishga urinayotganga o'xshaydi - men Erik va kichik Donaldga qarshi.

Men unga roziman, dedim. Agar u buni uddalay olsa, men 100 foiz roziman. Bo'lmasa, baribir kelaman. O'ylashimcha, u hali ko'p kutilmagan yangiliklarni tayyorlab qo'ygan. Bu qiziqarli bo'ladi va sizni u erda ko'rishga umid qilaman", - dedi kichik Bayden X ijtimoiy tarmog'ida Channel 5 uchun elon qilingan videoda.

Tashabbuskor amerikalik rejissyor va kontentmeyker Endryu Kallagan edi. U USA TODAY nashriga Bayden buni hazil tariqasida aytganini tasdiqladi, biroq agar aka-uka Tramplar Xanter bilan o'zaro jangga kirishga tayyor bo'lsa, uni tashkil etishda "ko'proq yordam berishga tayyor" ekanini qo'shimcha qildi. Kichik Donald Tramp va Erik Tramp hozircha chaqiriqqa javob bermadi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: