
Ushbu chempionlik jangi 24 oktyabr kuni BAA poytaxti Abu-Dabi shahridagi Yas orolida tashkil etiladigan UFC 333 turniri doirasida bo'lib o'tadi. Jang raqamlangan turnirning ikkinchi muhim voqeasi, yani co-main event maqomida bo'ladi.
Pyotr Yan o'ziga tegishli bo'lib tugan UFC chempionlik kamarini himoya qiladi. Hal qiluvchi trilogiya oldidan har ikki jangchi bittadan g'alabaga ega bo'lib turibdi. Ilk to'qnashuvda Dvalishvili hakamlarning yakdil qarori bilan zafar quchgandi. Revanshda Yan g'alaba qozonib, chempionlik kamarini raqibidan tortib olgan edi.
