
Unda yarim engil vazn toifasida amaldagi chempion, avstraliyalik tajribali aralash yakkakurash ustasi Aleksandr Volkanovski rossiyalik mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan davogar Movsar Evloevga qarshi oktagonga chiqadi.
Malumot uchun, avstraliyalik 37 yoshli Volkanovski MMAdagi faoliyati davomida 28 g'alaba va 4 mag'lubiyat qayd etgan. Mag'lubiyatlarining ikkitasini Islam Maxachevdan qabul qilib olgan. Evloev esa professional darajada o'tkazgan 20 ta jangining barchasida zafar quchgan. Movsar faoliyatida ilk bor UFC kamari uchun oktagonga ko'tariladi.
