SportUz.Tv

Islam Maxachev - Yen Gerri jangining hakamlik qaydnomasi ko'rsatildi + FOTO

16.08.2026 11:21    


Rasmni yuklab olish

Internetda UFC 330 turnirining asosiy jangi - Islam Maxachev va Yen Machado Gerri o'rtasidagi qarama-qarshilikning rasmiy hakamlik qaydnomasi paydo bo'ldi.

Unda uchchala hakam ham bir ovozdan rossiyalik chempionning g'alabasini qayd etdi.

Ikki hakam — Sal D`Amato va Mayk Bell — Maxachev foydasiga 49-46 hisobini qayd etishdi. Uchinchi hakam Erik Kolon esa jangni 48-47 hisobida Islamning foydasiga hal qildi.

SHu tariqa, ikki hakamning bahosi bo'yicha Maxachev besh raunddan to'rttasida g'alaba qozongan bo'lsa, Kolon rossiyalik jangchining uch raunddagi ustunligini hisoblab chiqdi.

Ushbu jangdan so'ng Maxachev UFC`dagi g'alabali seriya davomiyligi bo'yicha rekord o'rnatdi — 17 ta g'alaba.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: