
Tashkilotchilar tomonidan musobaqa bonuslari kimlarga taqdim etilgani malum qilindi.
Unga ko'ra, turnirda JAR vakili Lutando Bikoni ochkolar hisobiga ko'ra mag'lub etgan hamyurtimiz Furqatbek Yoqubov hamda qirg'izistonlik Ariet Toktobaev ustidan ochkolar hisobi bilan g'alaba qozongan o'zbekistonlik Umirzoq Ergashev "Kechaning eng yaxshi ishtiroki" mukofoti bilan taqdirlandi.


Ozarbayjonlik Jeyxun Asadlini ikkinchi raundda nokautga uchratgan vakilimiz Mavlud Tifiev esa "Kechaning eng yaxshi nokauti" bonusiga loyiq ko'rildi.

Bonusni qo'lga kiritgan sportchilar kafolatlangan gonorardan tashqari mukofot pullariga ega chiqishadi.