
U allaqachon bo'lajak chempionlik himoya jangiga tayyorgarlikni boshlab ham yuborgan.
"Raqib og'zaki malum, ammo hozircha hech qanday tasdiqlangan kelishuvlar, imzolangan shartnomalar yo'q. Men allaqachon Kislovodskda, o'rta balandlikdagi tog'larda asosiy tayyorgarlik bosqichini boshladim, katta jamoa bilan tayyorgarlik ko'ryapmiz", - dedi rossiyalik aralash yakkakurash ustasi Kislovodskda jurnalistlar bilan suhbatda.
SHuningdek, tashkilotning vazn toifasidan qati nazar eng yaxshi jangchisi nima uchun Oq uy turnirida Iliya Topuriya bilan jangi o'tkazilmaganini aytdi.
"Men allaqachon bu haqda post joylaganman. Menga qo'ng'iroq qilishdi, jangni tasdiqlashdi, lekin shartnoma yuborishmadi. Men og'zaki rozilik berdim. Ertasi kuni qo'ng'iroq qilib, raqib katta gonorar so'ragani va UFC unga rad javobini berganini aytishdi - bu endi dolzarb emas. Hammasi shunday bo'ldi", - deya tushuntirdi Maxachev.
Malumotlarga ko'ra, Islam Maxachev 15 avgust kuni Filadelfiyada bo'lib o'tadigan UFC 330 turnirida oktagonga qaytadi. Uning raqibi divizion reytingida ikkinchi o'rinni egallab turgan irlandiyalik Yen Machado Gerri bo'ladi.
