SportUz.Tv

"UFC Aspinallga nisbatan adolatsiz yo'l tutdi" - Volkov

06.05.2026 18:09    


Rasmni yuklab olish

Rossiyalik UFC jangchisi Aleksandr Volkov og'ir vazn chempioni Tom Aspinallga nisbatan promoushen tomonidan adolatsiz munosabat bo'lganini takidladi.

"Rostini aytsam, men hammasidan ham ko'p Tom Aspinall uchun xafa bo'ldim. U UFC uchun juda ko'p ish qildi, ko'p janglar o'tkazdi, ajoyib seriyaga ega bo'ldi. Men ham undan hayratda qolgandim. U bilan jang qilganman — juda kuchli.

Hozir esa Siril Gan bor — u aslida menga yutqazgan. Bu fakt, hamma ko'rgan. Keyin u chempionlik uchun jang qildi, chempionni jarohatladi — uni diskvalifikaciya qilish kerak edi. Ammo UFC unga yana bir titul jangini berdi.

Gan menga yutqazdi, keyin Aspinallni jarohatladi. Bu jiddiy jarohat — u sportga qaytib keladimi-yo'qmi, nomalum. Endi esa Oq uy oldidagi jang va Pereyraga qarshi eng katta imkoniyat berilmoqda. Bu chempionga nisbatan adolatsizlik.

Men o'z yo'limdaman, titul sari ketayotganimni bilaman. Ammo Tomchi? U chempion edi va omadsiz jarohat tufayli barchasini yo'qotdi", — dedi Volkov MMA Fighting’ga.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: