
Ularning jangi AQSHning Nyu-Jersi shtati Nyuark shahrida bo'lib o'tadigan UFC 328 turnirining asosiy voqeasi bo'ladi. CHimaev SHimoliy Amerika ligasi tarixida professional darajada mag'lubiyatsiz chempion bo'lishga erishgan 16-jangchiga aylanadi. CHechenistonlik sportchining rekordida 15 ta g'alaba bor, ulardan 12 tasi muddatidan oldin qo'lga kiritgan.
SHon Striklendning aralash yakkakurashlar bo'yicha professional rekordida 30 ta g'alaba (16 tasi muddatidan avval) va 7 ta mag'lubiyat bor. Striklend MMAda 2008 yilning mart oyida debyut qilgan.


CHimaev - Striklend titul jangining hakamlar hujjatidan ko'chirma elon qilindi (FOTO)