
Kecha sportchining 25 iyul kuni Abu-Dabida o'tkaziladigan UFC Fight Night turniri doirasida amerikalik Olden "Kobra" Koria bilan jang qilishi haqida xabarlar tarqalgandi.
"Internetda tarqalayotgan xabarlarni ko'rdim. Xudo xohlasa, 25 iyul kuni Abu-Dabida jang qilamiz. Lekin raqibim u yigit emas. Bunday xabarlarga ishonmaslik kerak. Raqibim aniq. Kuchli 15 talikdan. Juda kuchli raqib berishdi. SHartnoma jo'natishini kutyapmiz. SHartnoma kelishi bilan elon qilamiz. Hammaga rahmat", deb aytib o'tgan Temirov.