
"Islam Maxachev bilan ehtimoliy jangmi? Agar Floyd Meyvezer — Konor Makgregor kabi ko'plab shunday janglar o'tkazilsa va ular boksdagi barcha media maydonini egallab olsa, bu unchalik yaxshi emas. Ammo boksni shunday janglar bilan aralashtirib turish — ajoyib. Hozir men faqat boks haqida o'ylayapman, boksda o'z merosimni qoldirishni va bokschilar bilan jang qilishni istayman. Kelajak haqida esa bilmayman, balki biror aktyor bilan ham jang qilarmiz", — dedi Bivol matbuot anjumanida.