
Yaponiyaning RIZIN Ligasida engil vazn toifasi bo'yicha sobiq chempion bo'lmish Nazimov bu haqda o'zining Instagram ijtimoiy tarmog'idagi sahifasida xabar berdi.
Hamyurtimiz uzoq vaqtdan buyon qiynab kelgan tizza qismidagi jarohatini operaciya qildirdi.
"Operaciya tez va oson o'tdi. O'zimni zo'r his qilyapman, oldinda tiklanish va yangi versiyam bor", deb yozgan Nazimov.
Ilhom 10 may kuni RIZIN'dagi ilk kamar himoya jangini o'tkazib, braziliyalik Luis Gustavoga muddatidan avval imkoniyatni boy bergandi.
