
Rossiyalik aralash yakkakurash ustasi uchun asosiy to'siq dunyoning eng baland cho'qqisi emas, balki bunday ekstremal sharoitda qanday namoz o'qish masalasi ekanligini tan oldi.
"Balki bir kun Everestga chiqarman. Men tez-tez o'zimga savol beraman, odamlar qanday qilib bunday sovuqda, 30 daraja sovuqda ibodat qilishadi, namoz o'qishadi? Bundan tashqari, tog'dagi har bir daqiqa - bu sinov!", - dedi Maxachev.
Ayni paytda Maxachev UFC’da 16 ta g'alabadan iborat seriyaga ega. Islamning hisobida jami 28 g'alaba va bitta mag'lubiyat bor. U Nyu-Yorkdagi UFC 322 turnirida bo'lib o'tgan so'nggi jangida avstraliyalik Jek Della Maddalenani ochkolar hisobiga ko'ra mag'lub etib, yarim o'rta vazn toifasi chempioniga aylangan edi.
