SportUz.Tv

O'zbekiston 7 nafar bokschi bilan Jahon kubogi finaliga etib keldi

20.06.2026 21:30    


Rasmni yuklab olish

Xabaringiz bor, Xitoyning Guiyang shahri Jahon kubogiga mezbonlik qilmoqda.

Musobaqa hal qiluvchi bosqichga ham etib keldi. Oldinda faqat final janglari qoldi. Final bosqichiga O'zbekiston terma jamoasi eng ko'p vakil bilan etib keldi. Hal qiluvchi bahslarda 7 nafar o'zbekistonlik bokschi ishtirok etadi.

Unga ko'ra finalga quyidagi bokschilarimiz etib kelishdi: 

-48 kg: Farzona Fozilova

-57 kg: Nigina O'ktamova

+80 kg: Oltinoy Sotimboeva

-50 kg: Asilbek Jalilov

-60 kg: Abdumalik Xalokov

-80 kg: Javohir Ummataliev

-90 kg: To'rabek Xabibullaev

Quyida, qaysi davlatdan nechta finalchi hal qiluvchi bosqichga etib kelganligini bilib olishingiz mumkin:

O'zbekiston — 7 nafar
Xitoy — 6 nafar
Qozog'iston — 5 nafar
Hindiston — 4 nafar
Franciya — 4 nafar
Braziliya — 3 nafar
Angliya — 2 nafar
AQSH — 2 nafar
Italiya — 2 nafar
Taypey — 1 nafar
Bolgariya — 1 nafar
Ozarbayjon — 1 nafar
Germaniya — 1 nafar
Kanada — 1 nafar



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: