SportUz.Tv

Turki Al ash-SHayx "boks inqilobi"ni rejalashtirmoqda

20.06.2026 13:24    


Rasmni yuklab olish

Saudiyalik amaldor, sport homiysi hamda promouter Turki Al ash-SHayx zamonaviy professional boksda nizolashayotgan tomonlarni yarashtirmoqchi.

"Men yaqin vaqt ichida ukalarim Dana Uayt, Nik Xan, Frenk Uorren, Eddi Xirn hamda DAZN hamkorlarim va do'stlarim bilan uchrashuv uyushtirishga harakat qilaman. Maqsad - ularni yarashtirib, boksda inqilob qilish!

Umid qilamanki, men buni uddalayman va muxlislar mo'ridan oq tutun ko'tarilayotganini ko'rishadi", - dedi Saudiya Arabistoni ko'ngilochar boshqarmasi boshlig'i Turki The Ring jurnaliga bergan intervyusida.

Eslatib o'tamiz, yuqorida nomlari keltirilgan tajribali boks promouterlari Uayt ortida turgan yangi Zuffa Boxing kompaniyasining tajovuzkor siyosatidan norozilik bildirgan edi. Dana va britaniyalik promouter Eddi Xirn o'rtasidagi mojaro esa shaxsiy darajaga ko'tarilgan.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: