SportUz.Tv

Jahon kubogining 1/2 finaliga eng ko'p ishtirokchi O'zbekistondan etib keldi!

20.06.2026 13:09    


Rasmni yuklab olish

O'zbekiston terma jamoasi Xitoyda bo'lib o'tayotgan Jahon kubogining yarim finaliga etib kelish bo'yicha Qozog'iston bokschilarini ortda qoldirdi.

CHarm qo'lqop ustalarimizdan 11 nafari yarim finalga etib kelish barobarida kamida bronza medalini naqd qildi. Ikkinchi o'rindan mezbonlar 9 nafar bokschi bilan joy olgan. Qozog'iston va Franciya terma jamoalarining 8 nafardan vakili final chiptasi uchun ringga ko'tariladi.

Umumiy olganda, 44 ishtirokchi davlat orasidan 23 tasi Jahon kubogining 1/2 finaliga etib kelgan. 


1/2 finalga eng ko'p bokschi bilan yo'l olgan davlatlar:

O'zbekiston – 11 nafar bokschi

Xitoy – 9 nafar

Qozog'iston – 8 nafar

Franciya – 8 nafar

Hindiston – 6 nafar

Polsha – 6 nafar

Angliya – 4 nafar

Braziliya – 4 nafar

Ozarbayjon – 3 nafar

Italiya – 3 nafar

AQSH – 2 nafar

Bolgariya – 2 nafar

Koreya Respublikasi – 2 nafar

Iordaniya – 2 nafar

Ispaniya – 2 nafar

Avstraliya – 1 nafar

Germaniya – 1 nafar

Kanada – 1 nafar

Eron – 1 nafar

Meksika – 1 nafar

Xitoy Taypeyi – 1 nafar

Tailand – 1 nafar

Moldova – 1 nafar.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: