
Sizni tanishtirishga hojat yo'q — har qanday haqiqiy boks muxlisi ismingizni yaxshi biladi. Keling, katta faoliyatingizning yorqin sahifalarini havaskorlar boksi davridan boshlab eslasak. Eng muhim voqealardan biri — 1997 yilda Feliks Savon ustidan qozonilgan g'alaba. Uch karra Olimpiya chempionini mag'lub etishga nima yordam bergan?
— O'shanda juda yosh edim, atigi 19 yoshda. Bu qarama-qarshilik qanday ahamiyatga ega ekanini ham to'liq anglab etmaganman. Yarim finalda nemis bokschisiga qarshi jang qildim. O'sha paytda endigina 19 yoshga to'lgan edim va bir necha kundan keyin finalda Savonga qarshi ringga chiqdim. Yoshlik qilib, hech narsadan qo'rqmasdim. Oqibatlari haqida o'ylamasdan jang qilardim.

— Eng alamli mag'lubiyatim 2000 yilgi Olimpiadada gruziyalik Vladimir CHanturiyaga qarshi jang bo'lgan. Rostini aytsam, uni etarlicha baholamaganman. Men u yutqazgan raqiblarni mag'lub etganman va uni ham oson engaman deb o'ylagandim. Jangga yaxshi tayyorgarlik ko'rmaganman.
Har bir raundda burchakdagi murabbiylarim «Sen yutqazyapsan» deb aytishardi, ammo men ishonmasdim. Bir raundda hatto zarba o'tkazib yuborib, tiz cho'kib qoldim. Bu men uchun katta shok bo'lgan.
Eng alamlisi shundaki, o'sha Olimpiadada Sultan Ibragimov va Feliks Savon final yoki yarim finalda o'zaro to'qnash kelishgandi. Men esa avvalroq har ikkalasini ham mag'lub etganman. Ammo CHanturiyaga yutqazib qo'ydim. Bu havaskorlik faoliyatimdagi eng og'ir mag'lubiyat bo'lgan.

— Aslida bu mumkin emasdi. Ammo mening holatim boshqacha kechgan. 1997 yil boshida ehtiyoj sabab AQSHga ketdim. Onam va singlim bilan yashardik, onamga qiyin edi, shuning uchun pul topishni istardim.
Tanishlarimiz taklifi bilan CHikagoga bordik. U erda hozirgacha do'st bo'lib kelayotgan Maykl bilan tanishdim. Keyin Windy City Gym zaliga bordik. O'sha paytda u erda Oleg Maskaev ham shug'ullanardi.
Men sparring o'tkazdim va zal menejeri shartnoma taklif qildi. Ikki hafta mashg'ulot qilganimdan keyin Bob va Sem ismli amerikaliklar bilan menejerlik shartnomasini imzoladim. Murabbiyim esa Sem Kolonna bo'ldi.
Keyin O'zbekistondan qo'ng'iroq qilishib, Markaziy Osiyo o'yinlari va jahon chempionati uchun qaytishimni so'rashdi. Terma jamoaning birinchi raqami edim. Avval rad etdim, chunki maosh to'lanmasdi. SHunda federaciya rahbari G'ofur Rahimov maosh berishga vada qildi.
Qaytdim, Markaziy Osiyo o'yinlarida g'olib bo'ldim va jahon chempionatiga yo'l oldim. Rostini aytsam, o'sha musobaqada g'olib chiqishni hatto o'ylamaganman. Ilk jangdayoq yutqazib, AQSHga qaytaman deb yurgandim. Ammo mashg'ulotlarda qattiq mehnat qilgandim.
Birinchi jangni yutib qo'ydim, keyin ikkinchisini ham. SHunday qilib finalgacha etib bordim. Finalga chiqqach esa yutqazishga ko'nglim bo'lmadi. Savonga qarshi «yo u meni engadi, yo men nimadir qilaman» degan kayfiyatda chiqdim. Ringda o'lishga ham tayyor edim. SHu tariqa g'alaba qozondim.

— Ha, ikkinchi jangni ham yutib chiqqanman. U Bolgariyadagi turnirda bo'lgan. Uchinchi marta esa Xyustondagi jahon chempionatida to'qnash kelganmiz.
O'sha vaqtga kelib o'zimga bo'lgan ishonch ortgandi. Savon ochiq jang qiladi deb o'ylagandim, menga shunday uslub yoqardi. Ammo u meni kuch bilan sindirib bo'lmasligini tushunib etdi va texnikaga tayanib jang qildi. Natijada mag'lub bo'ldim, ammo umumiy hisob mening foydamga — 2:1 bo'lib qoldi.

— Albatta. Ayniqsa faoliyatimning boshida professional boks ancha engil tuyulgan. Raqiblar darajasi yuqori emasdi, ko'pchiligini birinchi yoki ikkinchi raundda nokaut qilardim.
Qolaversa, qo'lqoplar ingichkaroq, zarba kuchliroq seziladi. Mayka va shlemsiz jang qilish ham mutlaqo boshqacha hissiyot bag'ishlaydi.

— Rostini aytsam, jang ancha og'ir bo'ladi deb o'ylagandim. Marhum murabbiyim Mixail Tim bilan uning janglarini tahlil qilganmiz.
Tayyorgarlikning o'zi jangdan og'irroq kechdi. Ruis odatda raqibini bog'lab, itarib jang qiladigan bokschi edi. Ammo menga qarshi toza boks namoyish qildi. Qiyin jang bo'ldi, lekin men kutganchalik emas.

— Undan oldin Vladimir Virchisga qarshi juda og'ir jang o'tkazganman. Biz bir zalda mashg'ulot qilardik, yaxshi munosabatda edik. SHuning uchun u bilan jang qilishni istamagandim.
Jangdan bir kun oldin onam Moskvada yurak operaciyasini boshdan kechirdi. Butun tun uxlamadim. Ertalab singlim operaciya yaxshi o'tganini aytdi, ammo onam hali reanimaciyada edi. Bir necha soat uxlab, ringga chiqdim.
Valuevga qarshi jang esa haqiqatan ham muhim bo'lgan. Men albatta g'alaba qozonaman deb aytmayman, bu manmanlik bo'lardi. Ammo matbuot anjumanida ko'zma-ko'z turganimizda uni mag'lub eta olishimni ich-ichimdan his qilgandim.

Jang boshlangach esa u men uchun juda qulay raqib ekanini angladim. Uning uslubi mening boks uslubimga mos kelardi.
Revansh Finlyandiyada bo'lishi kerak edi. O'sha vaqtga kelib uning kuchli va kuchsiz tomonlarini yaxshi bilardim. Faqat g'alaba emas, hatto uni nokdaunga ham tushirishimga ishonardim.
Ammo uning jamoasi turli bahonalar topdi. Menda gepatit B antigeni borligini pesh qildi. Holbuki, bu birinchi jang paytida ham bor edi va barcha tahlillar bir xil chiqqan. Ular sog'liq uchun xavf borligini bahona qilishdi.
Hatto shifokorlar ishtirokida yig'ilish ham o'tkazildi. Faqat bitta shifokor nazariy jihatdan yuqish ehtimoli borligini aytdi. Men esa ayol va ikki farzandim bilan yashardim, ulardan hech kim kasal bo'lmagan.
Bundan tashqari, jang oldidan axill payimdan og'ir jarohat olganman. SHifokorlar hatto yurishning o'zi katta yutuq bo'lishini aytgandi. Ammo Germaniya futbol terma jamoasida ishlagan bir mutaxassis menga yordam berdi. Natijada nafaqat yura boshladim, balki faoliyatimni ham davom ettirdim.

— Ha, jang taklifini ikki hafta qolganda qabul qilganman. Ammo hech narsadan afsuslanmayman. Bunday imkoniyat har doim ham kelavermaydi.
Qolaversa, Volodyadan minnatdorman. U butun dunyoga men yuqumli kasal emasligimni ko'rsatdi. Valuev shunday muhit yaratgandiki, go'yo men bilan hatto bir stolda o'tirib ham bo'lmasdi.
Jangning o'zi haqida savol yo'q. Vladimir juda kuchli bokschi. Raqibni yaxshi his qiladi, ring bo'ylab ko'p harakatlanadi. Balki to'liq tayyorgarlik bilan natija boshqacha bo'lardi, ammo umumiy hisobda hammasini adolatli deb hisoblayman.

— Rostini aytsam, men o'sha jangda yutqazmaganman deb hisoblayman. Eng kamida durang bo'lishi kerak edi. Lekin natija natija-da. Agar qo'lingiz ko'tarilmagan bo'lsa, demak mag'lub bo'lgansiz.
Aleksandrni ham inson, ham sportchi sifatida hurmat qilaman. Uning bu erda aybi yo'q. O'sha paytda u Sauerland Event, men esa Universum kompaniyasi bilan hamkorlik qilardim. Aukcionda uning tomoni g'olib chiqqan va jangni tashkil qilgan.

— Hamma yo'nalishlarda faol ishlayapmiz. Ispaniyada zalimiz bor, avtomobil savdosi bilan shug'ullanamiz, kiyim-kechak tikamiz.
Yiliga uch-to'rt marta Germaniyada boks kechalari o'tkazamiz. Har kuz faslida Qozonda «Qozon Kremli kubogi» musobaqasini tashkil etamiz. U erda Tataristonning iqtidorli yosh bokschilari ishtirok etadi. SHuningdek, ko'plab o'zbekistonlik yosh bokschilarni ham taklif qilaman.
Hozir O'zbekistonda juda kuchli yoshlar bor: Xurshidbek Rasuljonov, Lazizbek Fattoev, Azizbek Tojiev va boshqalar. Biz ularning faoliyati rivojlanishi uchun imkoniyat yaratishga harakat qilamiz.
Men O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Tulkin Qilichevni yaxshi taniyman. Men terma jamoada bo'lgan paytda u hali zalda kattalarga yordam beradigan yosh bola edi. Bugun esa bosh murabbiy.
Avvaliga uni murabbiy sifatida jiddiy qabul qilmaganman. Keyin uning ish uslubini, bokschilar va rahbariyat bilan munosabatini ko'rib, juda bilimli mutaxassis ekanini tushundim. U o'z o'rnini topgan inson va juda samimiy odam.

— Ilgari bu Daniel Dyubua bo'ladi deb o'ylardim. Ammo Usik uni ikki marta mag'lub etdi va hozir chempionlik kamari bo'lsa ham, unga bo'lgan munosabat o'zgargan.
Mozes Itauma bor. Lekin men avval uning Bahodir Jalolov bilan jangini ko'rishni istardim. Itauma uchun bu juda og'ir jang bo'lardi deb hisoblayman. Bu jangda Jalolov g'alaba qozonadi.
Bahodirga hozir kuchli raqiblar kerak. Bir muddat uni nisbatan kuchsiz raqiblar bilan jang qildirishdi va shu sababli keyingi chiqishlari unchalik yorqin bo'lmadi.
Menga Itauma yoqadi. Ammo u asosan jismonan baquvvat raqiblarga qarshi jang qilgan, texnik bokschilar bilan hali uchrashmagan.

— U avval ham birinchi og'ir vaznda jahon chempioni bo'lgan va superog'ir vaznda ham yaxshi ko'rinish bermoqda. Avvaliga uni ehtiyotkorlik bilan olib borishdi, ammo salohiyati juda yuqori.
U Pedro Dias qo'l ostida shug'ullangan. Men ham faoliyatimning so'nggi yillarida shu murabbiy bilan ishlaganman. Pedroning aytishicha, agar Murat mashg'ulotlarga to'liq etibor qaratib, chalg'imasa, superog'ir vaznda etakchilardan biriga aylanishi mumkin.
Menimcha, Murat juda iqtidorli nokautchi. SHu bilan birga, u yaxshi inson ham. Toni Yokaga qarshi jangda ishonchli g'alaba qozonishi kerak", deydi CHagaev.
Nursulton Ro'ziboev Xamzat CHimaev va Iliya Topuriyaning mag'lubiyatlariga munosabat bildirdi