
SHu bilan birga, u boshqa promouterlar bilan shartnomaga ega sportchilarni o'z tomoniga og'dirib olishni maqsad qilmaganini takidladi.
"To'rt oy avval hamma bu raqobatdan zavqlanayotgan edi. Endi esa negadir hech kim xursand emas. Nima o'zgarganini tushunmayman. SHaxsan men hali ham bundan katta emociya olmoqdaman. Bo'layotgan barcha jarayonlar menga yoqyapti. Nazarimda, hozir bu holatdan rohatlanayotgan yagona odam menman.
Avval ham aytganimdek, yakuniy xulosalarni yil oxirida chiqaramiz. Hozircha hammasi yaxshi ketmoqda. Men boshqalar nima qilayotgani haqida o'ylamayman. Bu meni umuman tashvishlantirmaydi. Agar bizga haqiqatan ham shunday xat kelgan bo'lsa, biz hech kimning shartnomasiga aralashishga urinmayapmiz.
Yaqinda shunday holat bo'ldi: bir yigit biz bilan muloqot qila boshladi, keyin kimdir: “Uning amaldagi shartnomasi bor”, dedi. Agar insonning shartnomasi bo'lsa, biz darhol muzokaralarni to'xtatamiz. Biz faqat erkin agent bo'lgan va qonuniy ravishda muzokara olib borish huquqiga ega sportchilar bilan gaplashishni istaymiz.
Men jangchilarni shartnomalari amal qilib turgan paytda o'z tomonimizga og'dirib olish yoki shunga o'xshash ishlar bilan shug'ullanmayman. Ammo mendan: "SHakur Stivenson bilan shartnoma tuzishni istarmidingiz?” deb so'rashsa, albatta, istardim. Devin Xaneychi? Men ularning barchasi bilan shartnoma tuzmoqchiman. Qachonki ularning shartnomalari yakunlansa va biz bilan qonuniy asosda muzokara qilish imkoniga ega bo'lishsa, hammasi bilan gaplashamiz", — dedi Uayt.