
Konor Makgregor engil vazn toifasida amaldagi UFC chempioni Jastin Getjiga qarshi jang qilishga tayyorligini tasdiqladi. Jastinning o'zi ham Konorning Maks Xolloueyga qarshi o'tkazadigan jangida shaxsan ishtirok etishini malum qilgandi.
"Jastin yaxshi jangchi. Jang bo'layotganda u yaxshi. Ammo yo'q bo'lsa, u dahshatli. Juda zaif. U ko'pincha keng ko'lamli zarbalar beradi, lekin shu bilan birga u juda kuchli va nostandart harakat qiladi. Maks Jastinni hushidan ketkazdi. Ha, uni nokaut qildi. U yuztuban yiqilib, behush yotardi.
Men allaqachon engil vazn toifasida UFC chempioni bo'lganman va har qanday taklifga tayyorman. Faol bo'lishni xohlayman. Oldinda meni ajoyib jang kutmoqda, lekin men har qanday sinovga tayyorman. Hamma bilan olishmoqchiman. Ha, xuddi shunday! Mayli, hamma chiqsin, lekin ular mening darajamda emas. Bu haqda gapirishdan ko'ra, men hammasini amalda ko'rsatib beraman. Mana men nima qilmoqchiman", - dedi irlandiyalik jangchi UFC on Paramount telekanaliga bergan intervyusida.
Malumot uchun, Maks Xollouey va Konor Makgregor o'rtasidagi yarim o'rta vazn toifasidagi jang 11 iyul kuni Las-Vegasda bo'lib o'tadigan UFC 329 turnirining asosiy voqeasiga aylanadi.
