SportUz.Tv

Maxachevning navbatdagi tarixiy maqsadi aytildi

30.06.2026 11:33    


Rasmni yuklab olish

Aralash yakkakurashlar tarixidagi buyuk jangchilardan biri Jorj Sent-Perr Islam Maxachev va Yen Machado Gerri o'rtasidagi chempionlik jangi haqida fikr bildirdi.

"O'ylaymanki, bu ajoyib jang bo'ladi. Yen Gerri jiddiy raqib va jangchi. Ammo Islam har doimgidek jangni parterga o'tkazishga harakat qiladi. Agar u buni uddalay olsa, ustunlik uning tomonida bo'ladi. Agar Yen Gerri jangni tik holatda ushlab tura olsa, unda aynan u ustunlikka ega bo'ladi. SHunday ekan, bizni juda qiziqarli qarama-qarshilik kutmoqda.

Umuman olganda, Islam ko'nikmalar to'plami bo'yicha raqibidan ustun turadi, chunki u universalroqdir. U hamma narsani bajara oladi, ayniqsa kurash va greppling haqida gap ketganda. Bu komponentda uning yaqqol ustunligi bor va menimcha, u aynan shunga etibor qaratadi", - dedi afsonaviy kanadalik sobiq UFC chempioni.

Agar Maxachev chempionlik kamarini muvaffaqiyatli himoya qilsa, u ketma-ket o'n ettinchi g'alabasini qo'lga kiritadi va tashkilotning eng uzoq g'alabalar seriyasi bo'yicha rekordchisiga aylanadi. Biroq Sent-Perrning fikricha, rossiyalik yana bir tarixiy yutuqqa erishishi mumkin.

"Ehtimol, vaqt o'tishi bilan u o'rta vazn toifasiga ko'tarilib, uchta divizionda UFC chempionlari klubini ochishga urinib ko'radi", - deya qo'shimcha qildi afsona.

Eslatib o'tamiz, Islam Maxachev va Yen Machado Gerri o'rtasidagi chempionlik jangi 15 avgust kuni Filadelfiyada o'tkaziladigan UFC 330 turnirining asosiy voqeasi bo'ladi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: