
"Bu holatni so'z bilan ifodalash qiyin. Ijtimoiy tarmoqlarni ochib, og'ir vazn toifasidagi jahon chempioni o'z kamaridan shunchaki voz kechganini ko'rasiz. Oddiy qilib aytganda, hech qanday qo'ng'iroqsiz, xatsiz va ogohlantirishsiz. Biz shunday zamonda yashayapmizki, men hatto buni suniy intellekt yaratgan deb ham o'yladim.
Bokschilar faoliyati davomida turli bosqichlardan o'tadi. Yo'lning boshida ular kamtar, g'alabalarga chanqoq, minnatdor va ishiga sadoqatli bo'ladi. Keyin esa pul ko'p narsani o'zgartiradi. SHunga qaramay, Aleksandr Usikni o'zgacha inson deb hisoblayman. Olimpiya o'yinlari chempioni. Og'ir vaznda mutlaq jahon chempioni. Superog'ir vaznda ikki karra mutlaq jahon chempioni.
Men unga ringda ham, ringdan tashqarida ham katta muvaffaqiyatlar tilayman. WBC oilasi Aleksandr Usikka eng ezgu tilaklarini yo'llaydi va uning hayoti bundan keyin ham shunday ajoyib bo'lib qolishini istaydi", — dedi Suleyman.
"Buni suniy intellekt deb o'yladim". WBC prezidenti Usikning kamarlardan voz kechishi haqida gapirdi