
Rossiyalik Ikram Aliskerov Bokuda o'tgan UFC Fight Night 280 turniridagi g'alabasi evaziga Top-15`ga kirib oldi. U braziliyalik Brunno Ferreyrani hakamlarning yakdil qarori bilan mag'lub etgan edi. Ushbu vaznda amerikalik SHon Striklend amaldagi chempion bo'lib turibdi. CHempionlik kamarini aynan SHonga boy bergan Xamzat CHimaev reytingda birinchi o'rinni band etgan.
Hamyurtimiz Nursulton Ro'ziboev aynan Boku turnirida ketma-ket uchinchi g'alabasini tantana qilgandi. O'rta vazn toifasidagi aralash yakkakurash ustamiz g'olibona yurishiga qaramay, hozircha reytingda Top-15`ga kirgani yo'q. Balki, keyingi g'alaba unga bu eshikni ochar.
O'rta vazn reytingi (Top-15):
CHempion — SHon Striklend (AQSH).
1. Xamzat CHimaev (BAA).
2 Drikus dyu Plessi (JAR).
3. Nassurdin Imavov (Franciya).
4. Brendan Allen (AQSH).
5. Kayo Borralo (Braziliya).
6. Entoni Ernandes (AQSH).
7. Jo Payfer (AQSH).
8. Rene de Ridder (Niderlandiya).
9. Israel Adesanya (Nigeriya).
10. Robert Uittaker (Avstraliya).
11. Jared Kannone (AQSH).
12. Gregori Rodriges (Braziliya).
13. Kristian Dankan (Buyuk Britaniya).
14. Roman Dolidze (Gruziya).
15. Ikram Aliskerov (Rossiya).
15. Bo Nikal (AQSH).

"Buni suniy intellekt deb o'yladim". WBC prezidenti Usikning kamarlardan voz kechishi haqida gapirdi