SportUz.Tv

Uch nafar bokschimizning barida g'alaba, Mirzaxalilov kamar sohibi!

15.08.2026 10:39    


Rasmni yuklab olish

Rossiya Federaciyasining Naberejnie CHelni shahrida uch nafar charm qo'lqop ustamiz ishtirokidagi professional boks turniri bo'lib o'tdi.

Quvonarlisi, Mirazizbek Mirzaxalilov, Havasbek Asadullaev va Xalimjon Mamasoliev o'z janglarini g'alaba bilan yakunlab olishdi. Ikki karra Olimpiada chempioni Hasanboy Do'smatov turnirga faxriy mehmon sifatida taklif etilgandi. 

"IBA.PRO 20" turniri doirasida ikkinchi o'ta engil vazn (55,3 kg) toifasida 10 raund etib belgilangan jangda IBF European kamari o'rtaga qo'yildi. Ushbu kamar uchun Mirazizbek Mirzaxalilov (6-0, 5 KO) rossiyalik  CHingiz Natirov (10-1, 5 KO)ga qarshi ringga ko'tarildi. Raqib jiddiy - 10 ta jangning barida g'alaba qozongan, besh nafar raqibini nokautga uchratgan edi. SHunga qaramay, Mirazizbek Natirovni texnik nokautga uchrata oldi. To'rtinchi raunddan so'ng mezbon bokschining murabbiylari jangni davom ettirmaslikka qaror qilishdi. Mirzaxalilov IBF European kamarini qo'lga kiritdi.  

Superog'ir vaznda jang qiluvchi bokschimiz Xalimjon Mamasoliev (vazni 97,8 kg) rossiyalik German Skobenko (vazni 111,4 kg)ga qarshi to'liq 10 raundlik jang o'tkazdi va yakunda hakamlarning yakdil qarori bilan g'alaba qozondi. 

Yarim o'rta vazn (66,7 kg) toifasidagi charm qo'lqop ustamiz Havasbek Asadulaev (8-0, 5 KO) esa rossiyalik tajribali Sergey Lubkovich (20-0-2, 12 KO)ni 10 raundlik jangda ochkolar hisobiga ko'ra taslim etdi. Bu Lubkovichning faoliyatidagi ilk mag'lubiyati bo'ldi. 

SHu tariqa, uchchala bokschimiz ham rossiyalik raqiblarini mag'lubiyatga uchratishga muvaffaq bo'ldi.   

Oqshomning asosiy jangi ikkinchi o'rta vaznda IBF European kamari uchun kechdi. Unda havaskor boksda o'tgan yilgi jahon chempioni rossiyalik Jambulat Bijamov (4-0) jahon chempionati bronza medali sovrindori, Serbiya sharafini himoya qilayotgan Vladimir Mironchikov (8-1, 6 KO)ga qarshi ringga ko'tarildi. O'n raund to'liq davom etgan jangda Bijamov ochkolar (97-93, 96-94, 96-94) hisobiga ko'ra zafar quchdi. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: