SportUz.Tv

Maxachev - Gerri jangini sug'urtalayotgan Maykl Morales 24 kilogramm vazn tashladi

15.08.2026 11:39    


Rasmni yuklab olish

Ekvadorlik 27 yoshli yarim o'rta vazn toifasi vakili Maykl Morales ertaga tong saharda AQSHning Filadelfiya shahrida o'tkaziladigan UFC 330 turnirining asosiy voqeasiga zaxira jangchisi sifatida tasdiqlangan.

U ham Islam Maxachev va Yen Machado Gerri singari rasmiy tarozidan o'tish marosimida hozir bo'ldi. Morales ham belgilangan vaznni bajardi. Maykl mashg'ulotlar lageri boshlanganidan buyon o'z vaznini 101 kilogrammdan 77 kilogrammgacha tushirdi. Rasmiy vazn o'lchashga besh kun qolganida esa u yana 10 kg tashlashi kerak edi.

Malumot uchun, Morales aralash yakkakurashlar (MMA) bo'yicha o'tkazgan barcha 19 ta jangida g'alaba qozongan. U divizion etakchilaridan biri hisoblanadi. Islam yoki Maykl jarohat olsa yoki betob bo'lib qolsa, aynan Morales zaxira jangchisi sifatida oktagonga chiqadi. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: