
Ularning jangi ertaga Filadelfiyada bo'lib o'tadigan UFC 330 turnirining asosiy bahsi bo'ladi.
"U men uchun shunchaki navbatdagi maqsad. Men tayyorman va ertaga bu odamlarning barini xursand qilaman", — dedi Maxachev sterdaundan so'ng.
Maxachev — Gerri jangi Toshkent vaqti bilan taxminan soat 07:30 da boshlanishi kutilmoqda. Rossiyalik Islam Maxachev yarim o'rta vazn toifasidagi chempionlik kamarini birinchi marta himoya qiladi.
Islam so'nggi jangini UFC 322 turnirida Nyu-Yorkda avstraliyalik Jek Della Maddalenaga qarshi o'tkazib, hakamlarning yakdil qarori bilan g'alaba qozongan edi.
Nursulton Ro'ziboev uxlatib qo'ygan rus jangchisi UFC bilan yangi shartnoma imzoladi