SportUz.Tv

Ramazon Temirovning ACBJJ Ligasidagi debyuti 30 avgust kuni bo'lmaydi

15.08.2026 17:33    


Rasmni yuklab olish

Xabar berilganidek, o'zbekistonlik UFC jangchisi Ramazon Temirov ACBJJ Ligasi bilan shartnoma imzolagan va reja bo'yicha 30 avgust kuni Istanbul shahridagi turnirda bo'lib o'tishi kerak edi.

Hamyurtimizga debyut bellashuvida Buyuk Britaniya vakili, UFC sobiq yulduzi Muhammad Mokaevning raqib bo'lishi aytilgan edi. Ammo Ramazon belgilangan sanada jang o'tkazmaydi. Buni Temirovning murabbiyi Jasur Alijonov saytimizga bergan intervyusida tasdiqladi. 

"ACBJJ Ligasi bilan to'rtta jang uchun shartnoma imzolaganmiz. Ha, reja bo'yicha 30 avgust kuni Istanbuldagi turnirda qatnashishimiz kerak edi. Ammo bu bellashuvni keyinroqqa surishga to'g'ri kelib qoldi. Boisi, UFC bizga 24 oktyabr kuni Abu-Dabi shahridagi raqamli turnir uchun jang berdi. Raqib Top-5`dan. Hali muzokaralar yakunlanmagani uchun rasmiy malumot bera olmayman. Ramazon BAAda jang qilishga tayyor. Raqib jamoaning roziligini kutyapmiz", - dedi Alijonov.

Malumot uchun, Ramazon Temirov ayni paytda o'ta engil vazn toifasi UFC reytingida 7-o'rinni egallab turibdi. Undan yuqorida Lone Kavana, Asu Almabaev, Tatsuro Taira, Brendon Royval, Manel Kape va Aleksandr Pantoja bor. Divizion chempioni myanmalik Joshua Van hisoblanadi. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: