SportUz.Tv

Ramazon Temirov oktagonga qaysi turnirda qaytishini aytdi + FOTO

15.08.2026 12:03    


Rasmni yuklab olish

UFC`dagi uchinchi g'alabasini qo'lga kiritgan Ramazon Temirov shu yilning o'zida yana oktagonga chiqadi.

Bu haqda aralash yakkakurash ustamizning o'zi xabar berdi. 

"In SHa Alloh, oktyabrda qaytaman!", deya Instagram sahifasiga surat joylab, uning ostida izoh qoldirgan Temirov.  

Bu bilan Ramazon 24 oktyabr kuni BAA poytaxti Abu-Dabi shahrida o'tkaziladigan raqamli UFC 333 turnirida oktagonga chiqishiga ishora qilgan. Ushbu turnir uchun Xamzat CHimaev Irji Proxazka bilan, Aleks Volkanovskining esa Movsar Evloev bilan jangi rejalashtirilmoqda. 

Eslatib o'tamiz, Ramazon Temirov 25 iyul kuni avstraliyalik Stiv Ercegga qarshi jang qilib, birinchi raunddayoq raqibini texnik nokautga uchratgan edi. Bu g'alabasi evaziga u UFC reytingiga kirib olgandi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: