SportUz.Tv

Maxachev: "Gerri menga jiddiy jang taklif qildi, deb bo'lmaydi"

25.08.2026 09:39    


Rasmni yuklab olish

34 yoshli UFC amaldagi chempioni Islam Maxachev UFC 330 turnirida irlandiyalik Yen Gerri ustidan qozongan g'alabasi haqida fikr bildirdi.

"Eng muhimi — g'alaba. Lekin jang biroz osonroq o'tadi, deb rejalashtirgan va o'ylagan edim. Ammo raqiblar ham tayyorgarlik ko'rishyapti va har safar tobora qiyinlashib bormoqda. Raqiblar har safar kuchliroq bo'lyapti. Demak, men ham janglar osonroq o'tishi uchun yanada ko'proq ishlashim kerak.

Gerrining uslubi juda noqulay, unga yaqinlashish juda qiyin. Qo'llari va oyoqlari uzun. Unda ochiq qoladigan yagona joy — oldingi oyog'i edi. Men doimo shu joyga kirib, teykdaunlar amalga oshirdim.

Faqat orqaga harakat qiladigan bunday raqib bilan chiroyli va tomoshabop jang namoyish etish juda qiyin. Qanday bo'lgan bo'lsa, shunday bo'ldi. Ammo jang og'ir kechdi. U menga qandaydir jiddiy qarshilik ko'rsatdi, nimadir o'xshamadi, deb bo'lmaydi. Hammasi rejadagidek bo'ldi, shunchaki jang shu tarzda kechdiki, shoshilmasdan uni hakamlarning qarorigacha olib borishga to'g'ri keldi", deydi Maxachev.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: