
Ammo yaqinda "Blessed" nashriga bergan intervyusi irlandiyalikni yana amerikalik bilan raqobati haqida gapirishga majbur qildi.
"U qandaydir "avlodni kaltaklash" haqida gapirdi, lekin bu yigit shunchaki alahsirayotgan edi. CHunki u menga harakatsiz tuyuldi. U juda sekin edi. Qari ko'rinardi. Agar kimdir u erda "avlodni o'ldirish"ni rejalashtirgan bo'lsa, bu aniq u emasligini aytishim mumkin," - dedi Xollouey ijtimoiy tarmoqda elon qilingan videoda.
Bu so'zlar Makgregorga qattiq tasir qildi va u suniy intellektdan jang kunidagi yuzini Xolloueyning yuzi bilan taqqoslashni so'radi. Suniy intellekt amerikalik ancha keksa ko'rinadi, degan xulosaga keldi.
Uning yuzi ancha to'zigan, ko'pni ko'rgan, ko'zlari atrofida chuqur ajinlar bor, bunday yorug'likda terisi biroz dag'alroq ko'rinardi. Konor, hatto qalin soqoli bilan ham, hali ham ancha kelishgan va parvarishlangan ko'rinadi", - deya irlandiyalik suniy intellekt javobini keltirdi.
UFC tarixidagi eng ko'p kaltaklangan yigit (statistikaga qarang) bunday gapirishi mumkin emas. Unga nima bo'ldi?", – deb qo'shib qo'ydi Makgregor o'z nomidan izoh berar ekan.
Ikki hafta oldin Maks Xollouey bilan jangning dastlabki soniyalarida tizzasidan jarohat olgan Konor Makgregor muvaffaqiyatli operaciya qilindi va amerikalik bilan trilogiyani yakunlash uchun bir yildan so'ng oktagonga qaytish niyatini tasdiqladi.
Xollouey esa bir kun avval Makgregor bilan uchinchi jangga ham, engil yoki yarim o'rta vazn toifasida UFC chempionligi uchun janglarga ham tayyorligini malum qilgan edi.

Karlos Prates UFC 334 turnirida Maxachev bilan jang qilmoqchi ekanligiga ishora qildi