SportUz.Tv

Hasanboy Do'smatov yangi promouterlik kompaniyasi bilan shartnoma imzoladi + FOTO

01.09.2026 12:48    


Rasmni yuklab olish

Ikki karra Olimpiada va jahon chempioni, Vel Barker kubogi sohibi Hasanboy Do'smatovning professional boksdagi faoliyatida o'zgarish ro'y berdi.

Andijon o'g'loni Rossiyaning "Premier Boxing Academy" kompaniyasi bilan shartnoma imzoladi.  

"Jamoamizda yangi jangchi! 

Kutib oling — Hasanboy Do'smatov! O'zbek boksi afsonasi, ikki karra Olimpiada chempioni, Vel Barker kubogi sohibi "Premier Boxing Academy" bilan shartnoma imzoladi.

Ikki karra Olimpiada "oltini", jahon chempioni unvoni va Osiyo chempionatlaridagi uchta g'alaba — bu uning shonli yo'lining bir qismi xolos. Bunday yuksak unvonlarga ega sportchi endi biz bilan ekanligidan nihoyatda xursandmiz!

Hasanboy o'zining navbatdagi jangini oktyabr yoki noyabr oylarida IBA.Pro shoularidan birida o'tkazadi — elonlarni kuzatib boring, qiziqarli bo'ladi!

Hasanboy, jamoamizga xush kelibsan! Oldinda bizni buyuk g'alabalar kutmoqda. Yangi zafarlar sari tayyorgarlik ko'ramiz!", deyiladi kompaniyaning rasmiy bayonotida.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: