SportUz.Tv

O’Melli: "Song – Merab uchun katta muammo, ularning jangini ko'rishni istayman"

01.09.2026 14:21    


Rasmni yuklab olish

Agar Merab Dvalishvili Petr Yanga qarshi trilogiyaning yakuniy jangida UFC`ning engil vazn chempionlik kamarini qaytarib olsa, uning navbatdagi raqibi Umar Nurmagomedovni nokautga uchratgan Song Yadong bo'lishi kerak.

Amerikalik aralash yakkakurash ustasi SHon O’Melli aynan shunday fikrda. 

"Men Song va Merab jangini ko'rishni istayman. Men buni hatto o'zim Merab bilan jang qilishimdan oldin, bir necha yildan beri aytib kelaman: "Song – Merab uchun katta muammo". Agar Merab chempionlik unvonini qaytarib olsa, unga Song bilan jang tashkil qilish kerak", — dedi SHon o'zining YouTube kanalidagi navbatdagi videoda.

Agar 24 oktyabr kuni Abu-Dabida bo'lib o'tadigan UFC 333 turnirida Petr Yan Merab Dvalishvilini mag'lub etib, chempionlik kamarini saqlab qolsa, uning navbatdagi raqibi rossiyalik va xitoylik jangchilar ustidan g'alaba qozongan SHon O’Melli bo'ladi. SHu bilan birga, O’Mellining Dvalishvili bilan chempionlik jangini o'tkazish imkoniyati juda past, chunki u bunga qadar unvon uchun bo'lgan janglarda unga ikki marta mag'lub bo'lgan.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: