SportUz.Tv

Bogdan Guskov Nurmagomedovning UFC`dagi ikkinchi mag'lubiyatiga munosabat bildirdi

01.09.2026 17:30    


Rasmni yuklab olish

O'zbekistonlik UFC jangisi Bogdan Guskov rossiyalik Umar Nurmagomedovning SHanxayda bo'lib o'tgan turnir doirasida xitoylik Song Yadongdan uchralgan mag'lubiyatiga izoh berdi.

"Nurmagomedovning mag'lubiyatidan xafa bo'ldim. CHo'qqida yigitlarimiz ko'proq bo'lishini istardim. U erda Pyotr Yan bor, Umar ham o'sha yoqqa intilayotgan edi. Ammo ishonchim komilki, bu mag'lubiyat uni yanada kuchliroq qiladi, u Nurmagomedovni sindira olmaydi. Jamoadoshlari uning xayoliga keraksiz fikrlar kelishiga yo'l qo'yishmaydi. Uning faoliyati porloq kelajak vada qilmoqda. U

larning divizioni shundayki, unda yaqqol nomzodlar yo'q. Ikkita kuchli g'alabaga erishsang, senga chempionlik kamari uchun jang qilish imkoniyati beriladi. Men UFC`da ikki yildan beri yuribman va menga bu imkoniyat nasib etdi. Sen porlashing kerak", — deya Guskovning so'zlarini keltiradi MMA.Metaratings.ru nashri.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: