SportUz.Tv

Usik o'zining kamari uchun kechgan Itauma - Xrgovich jangiga munosabat bildirdi

01.09.2026 16:30    


Rasmni yuklab olish

Aleksandr Usik superog'ir vazn toifasida Mozes Itauma va Filip Xrgovich o'rtasida bo'lib o'tgan chempionlik jangi ishtirokchilariga murojaat qildi.

Eslatib o'tamiz, ushbu jangda ukrainalik bokschi tomonidan bo'shatilgan IBF chempionlik kamari o'rtaga qo'yilgandi. Jang britaniyalik 21 yoshli bokschining kutilmagan mag'lubiyati bilan yakunlangan edi. Londonda ringga chiqqan va yaqqol favorit hisoblangan britaniyalik sportchi 34 yoshli xorvatiyalik raqibiga to'qqizinchi raundda texnik nokaut evaziga imkoniyatni boy berdi.

"Tabriklayman, Filip, ajoyib g'alaba! Mozes, bu hali hammasi emas. Kuchliroq bo'lib qayt va oldinga intilishda davom et. Sening yo'ling endi boshlanyapti!", – deya ukrainalik bokschining so'zlarini keltiradi The Ring nashri.

IBF chempionlik kamari Aleksandr Usik iyun oyida rasman bo'shatgan uchta titul orasidagi oxirgi vakant kamar edi. Ukrainalikning o'zi kelasi yilning mart oyida AQSHda amerikalik Deontey Uaylder bilan jang o'tkazishni rejalashtirmoqda.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: