
Kechaning markaziy jangida birinchi o'rta vazn toifasida (69,9 kg gacha) WBC yo'nalishi chempioni, amerikalik Sebastyan Fundora (24-1-1, 16 KO) o'z vatandoshi Ermal Xadribay (23-0-1, 8 KO) bilan to'qnash keldi.
O'n ikki raundlik jangda Fundora texnik nokaut evaziga g'alaba qozondi. Qizig'i, chempion raqibini jang tugashiga bir soniya qolganida muddatidan avval nokautga uchratdi va shu tariqa o'z kamarini muvaffaqiyatli himoya qildi.
Malumot uchun, 28 yoshli Sebastyan Fundora professional ringdagi faoliyatini 2016 yilda boshlagan. 2024 yilda mutlaq jahon chempioni bo'lgan, keyinchalik titullaridan birini topshirgan. Xadribay ustidan qozonilgan g'alaba uning WBC chempionlik kamarini to'rtinchi bor himoya qilishi bo'ldi.
