
Quvonarlisi, kun davomida ringga ko'tarilgan besh nafar bokschimizning bari g'alaba qozonib, dunyo birinchiligining ikkinchi davrasiga yo'l oldi.
Eng murosasiz jang qizlar o'rtasida -54 kg vazn toifasida o'tkazildi. Murosasiz kechgan bahsda vakilamiz SHodiyona Meliqo'zieva hindistonlik raqibas Joyshri CHiromni 3:2 hisobida taslim etdi.
Bokschilarimizning natijalari bilan tanishing:
-54 kg: SHodiyona Meliqo'zieva — Joyshri CHirom (Hindiston) - 3:2
-70 kg: Zulfiqor Adhamjonov — Akaki Basaria (Gruziya) - 5:0
-90 kg: Asadbek Sultanboev — Norman Simmons (Panama) - 5:0
-65 kg: Aselya Tulegenova — Bennielis Perez (Venesuela) - 4:1
-65 kg: Jahongir Zayniddinov — Bogdan SHashlikou (Belarus) - 3:1.
