SportUz.Tv
iks
ads

Janibek Alimxanuli WBO kamari uchun jang qiladi

21.10.2026 16:57    


Rasmni yuklab olish

Qozog'istonlik bokschi Janibek Alimxanuli 2027 yil 23 yanvar kuni Daniyada mezbon sportchi Jeykob Benkka qarshi WBO talqini bo'yicha ikkinchi o'rta vazndagi vakant jahon chempionligi kamari uchun ringga chiqadi.

Jang DAZN platformasida namoyish etiladi.

2025 yil noyabrida Alimxanulining meldoniyga topshirgan doping-testi ijobiy natija bergan va shundan so'ng u IBF titulidan mahrum bo'lgan. Keyinchalik bokschi o'rta vazndagi WBO kamaridan voz kechib, faoliyatini ikkinchi o'rta vaznda davom ettirishga qaror qilgan.

Alimxanuli so'nggi jangini 2025 yil aprelida Anauel Ngamissengega qarshi o'tkazib, beshinchi raundda texnik nokaut bilan g'alaba qozongan. Uning professional rekordida 17 ta g'alaba, shundan 12 tasi nokaut bilan.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: