SportUz.Tv
iks
ads

Dyu Plessi jamoasi Ankalaev bilan jang taklifini rad etgan

22.10.2026 14:45    


Rasmni yuklab olish

UFCning sobiq o'rta vazn chempioni Drikyus Dyu Plessi jamoasiga Magomed Ankalaev bilan yarim og'ir vaznda jang o'tkazish taklif qilingan.

Jangchining murabbiyi Morne Visser bu taklifni rad etganini malum qildi.

Visserning aytishicha, taxminan uch hafta avval UFC bir oqshomda Dyu Plessi, Ankalaev, Irji Proxazka va Navaxo Stirling ishtirokida janglar tashkil etishni taklif qilgan. Rejaga ko'ra, ushbu janglar g'oliblari keyinchalik o'zaro to'qnashishi, yakuniy g'olib esa yarim og'ir vazn chempioni Karlos Ulbergga qarshi titul jangini qo'lga kiritishi kerak edi.

Biroq Visser Dyu Plessining yarim og'ir vaznga o'tishini tezlashtirishni istamagani uchun taklifni rad etgan. Uning so'zlariga ko'ra, jamoa kelajakda yangi vazn toifasiga ko'tarilishni rejalashtirmoqda, ammo avval o'rta vazndagi chempionlik kamarini qaytarib olib, uni himoya qilish niyatida.

«Yarim og'ir vaznga ko'tarilish oson. Ammo Drikyusni yarim o'rta vazndan o'rta vaznga o'tkazishim uchun bir yil vaqt ketgan. Biz albatta yarim og'ir vaznga o'tamiz, lekin buni bosqichma-bosqich amalga oshiramiz. Bu aniq rejalarimizda bor. Biroq avval o'rta vazndagi kamarni qaytarib olib, keyin uni himoya qilmoqchimiz», — dedi Visser Fight Forecast nashri bilan suhbatda.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: