SportUz.Tv
iks
ads

Mayk Melott UFC 336 turnirida ishtirok etadi

21.10.2026 19:42    


Rasmni yuklab olish

Edmontonda bo'lib o'tgan UFC Fight Night 291 turnirida Xoakin Baklini yorqin tarzda nokautga uchratgan kanadalik yarim o'rta vazn vakili Mayk Melott yana o'z vatanidagi turnirda oktagonga chiqadi.

Mayk rasman elon qilingan 30 yanvar kungi Torontodagi raqamli UFC 336 turnirida oktagonga qaytishni rejalashtirmoqda.

"UFC yanvar oyida qaytsa, meni o'sha erda bo'lishimga ishonishingiz mumkin. Meni reytingdagi Top-10`talikka kiruvchi har qanday jangchi bilan to'qnash kelish istagi ilhomlantirmoqda. Qo'ng'iroqni kutaman", – dedi Melott turnirdan keyingi matbuot anjumanida.

Tashkilot rahbari Dana Uayt ham kanadalik jangchi liganing kelgusi yildagi ilk raqamli turnirida ishtirok etishi mumkinligini tasdiqladi.

"Hozircha Melott borasidagi rejalarimiz qanday ekanini bilmayman. Buni keyinroq hal qilamiz, ammo u o'zini yaxshi his qilayotgan bo'lsa, bu variant albatta mantiqqa ega. O'z Vatanidagi turnirda bosh jangchi bo'lish va bunday yirik jangda g'alaba qozonish – o'zingizni ko'rsatishning eng to'g'ri yo'li ekanligi aniq. U bundan yaxshiroqroq qatnasha olmasdi", – dedi Uayt turnirdan so'ng.

Mayk Melottning ehtimoliy raqiblaridan biri sifatida divizionning sobiq chempioni Jek Della Maddalena tilga olinmoqda, u hozirda ikkita mag'lubiyatli seriya bilan kelmoqda va hali unga jang belgilanmagan.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: