SportUz.Tv
iks
ads

Teremoanani Jalolov bilan ehtimoliy jangdan ogohlantirishdi

22.10.2026 15:24    


Rasmni yuklab olish

Britaniyalik sport jurnalisti Jonni Rashman o'zbekistonlik Bahodir Jalolov va mag'lubiyatsiz avstraliyalik Teremoana Teremoana o'rtasidagi ehtimoliy jang haqida fikr bildirdi.

Uning qayd etishicha, Jalolov raqibini texnik jihatdan ortda qoldirish imkoniyatiga ega. Avvalroq promouter Eddi Xirn Teremoana Jalolovni "eb qo'yishi"ni aytgandi. Rashman esa bu fikrga qo'shilmasligini bildirdi.

"Eddi Xirn Teremoana Jalolovni "eb qo'yadi", dedi. Ammo bu erda eski bir gap o'rinli: "Gapirish oson, chunki buni hamma qila oladi", — deb yozdi jurnalist.

Uning fikricha, bu ikki bokschi o'rtasidagi jang qiziqarli qarama-qarshilik bo'lishi mumkin.

"Jalolov balki eng tomoshabop bokschi emasdir, ammo ayrimlar aytayotganidek zerikarli ham emas. Bokschi texnik jihatdan juda kuchli bo'lsa, uni ko'pincha "zerikarli" deb atashadi. Jalolov Teremoanani ringda to'liq ortda qoldirishga qodir. U havaskorlar boksida Teremoanani ikki marta mag'lub etgan", — deydi Rashman.

Eslatib o'tamiz, Bahodir Jalolov 17 oktyabr kuni Londondagi O2 arenasida Daniel Dyubua — Fabio Uordli 2 oqshomi doirasida britaniyalik Solomon Dakresga qarshi jang qilib, ochkolar hisobiga ko'ra g'alaba qozongan edi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: